2-SONLI HOMILADOR AYOLLAR PATOLOGIYASI BO'LIMI

“RIOvaBSIATM” DMning 2- sonli homilador ayollar patologiyasi bo'limida:
  • yurak-qon tomir kasalliklari
  • buyrak va jigar kasalliklari
  • qon kasalliklari
  • endokrinologik kasalliklar, shu jumladan qandli diabet
  • kollagenozlar
  • buyrak va jigar transplantatsiyasidan so'ng,
  • onkologik kasalliklar (miya, ko'krak, jigar, tuxumdonlar o'smalari)kasalliklari mavjud bo’lgan homilador ayollarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatiladi.

Bo'limida laboratoriya va instrumental diagnostika, akusherlik asoratlari va somatik kasalliklarni dori-darmonsiz va dori vositalari yordamida davolash, tug'ishga tayyorgarlik, shoshilinch akusherlik yordami, homila aralashuvi (amnioreduksiya, anastomozlarning lazer koagulyatsiyasi, amniyosentez, torasentez va boshqalar) to'liq hajmda amalga oshiriladi.

Bo'lim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan milliy klinik protokollar hamda diagnostika va davolash standartlariga amal qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Respublika ilmiy-amaliy markazlarining yetakchi mutaxassislari bo' limning turdosh maslahatchilari hisoblanadi.

Bo'limga oliy toifali akusher-ginekolog shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Nazhmetdinova D.F. mudirlik qilib kelmoqda.

XODIMLAR