1-sonli tug‘ruq bo‘limi 3 ta blokdan iborat:- tug'ruq bloki
- operatsion blok
- tug'ruqdan keyingi blok
Tug'ruq bo‘limida 9 ta tug'ruq xonasi mavjud bo'lib, ulardan 1 tasida yuqori darajadagi qulaylik sharoitlari va jakuzi (lyuks) bilan jihozlangan hamda yana bir xonasi erta tug’ilgan chaqaloqlar uchun CPAP apparati mavjud xonalardir. Barcha tug‘ruq xonalari zamonaviy qulayliklar, mebel, sanitariya-gigiyena vositalari bilan jihozlangan. Har kuni bo'limda 10 tagacha tug’ruqlar qabul qilinadi.
Operatsion blok zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ikkita operatsiya xonasidan iborat.
Bo'limdagi tug'ruqdan keyingi xonalarning soni 25 ta: 3 ta bir o‘rinli yarim lyuks, 8 ta bir o‘rinli lyuks, 6 ta ikki o‘rinli polyuks, 8 ta bir o‘rinli superlyuks xonalaridir.
Bo’lim mudiri oliy toifali akusher-ginekolog shifokori Sodiqov Shavkat Axmedovich. Bo‘limda 6 ta shifokor faoliyat yuritmoqda, ulardan 2 tasi – tibbiyot fanlari nomzodlari.
Bo'lim quyidagi tug'ruqlar bo'yicha xizmat ko‘rsatadi:- Normal
- Asoratlangan
- Muddatidan oldin
Tug'ish jarayonini boshqarishda xavfsiz onalik va samarali perinatal parvarish tamoyillari qo'llaniladi:- Maxfiylik va hurmat
- Tug'ruq vaqtida sherikning mavjudligi
- Tug'ruqni demedikalizatsiya qilish
- Tug'ilish paytida og'riqsizlantirish, shu jumladan mintaqaviy behushlik (analgeziya) usullari qo'llaniladi.
- Tug‘ruqdagi erkin pozitsiyalar
- Ona suti bilan emizish
- Ona va bolaning birgalikda bo‘lishi