2-SONLI ТUG‘RUQ BO‘LIMI

2-sonli tug‘ruq bo‘limi 3 ta blokdan iborat:
  • tug'ruq bloki
  • operatsion blok
  • tug'ruqdan keyingi blok

Tug‘ruqxona blokida zamonaviy jihoz va anjomlar bilan jihozlangan 6 ta tug‘ruq xonasi mavjud.

Operatsion bloki 1 ta operatsiya xonasidan iborat.

Tug'ruqdan keyingi xonalarning soni 20 (bir o‘rinli, ikki o‘rinli, uch o‘rinli), 6 lyuks xonasi mavjud.

Bo'lim mudiri birinchi toifali akusher-ginekolog shifokori Zeytullaeva Emiliya Rashidovna. Bo‘limda 3 ta shifokor faoliyat yuritmoqda, ulardan biri – tibbiyot fanlari nomzodi.

Bo'lim quyidagi tug'ruqlar bo'yicha xizmat ko‘rsatadi:
  • Normal
  • Asoratlangan
  • Muddatidan oldin

Tug'ish jarayonini boshqarishda xavfsiz onalik va samarali perinatal parvarish tamoyillari qo'llaniladi:
  • Maxfiylik va hurmat
  • Tug'ruq vaqtida sherikning mavjudligi
  • Tug'ruqni demedikalizatsiya qilish
  • Tug'ilish paytida og'riqsizlantirish, shu jumladan mintaqaviy behushlik (analgeziya) usullari qo'llaniladi.
  • Tug‘ruqdagi erkin pozitsiyalar
  • Ona suti bilan emizish
  • Ona va bolaning birgalikda bo‘lishi

XODIMLAR

2-TURUQ BO'LIMI VIP XONASI VA TUG’RUQ XONASI