Operativ ginekologiya bo’limi Ona va bola salomatligi markazi tashkil etilgandan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo’lim ayollarning reproduktiv tizimi kasalliklarini tashxislash, davolash va oldini olishga ixtisoslashgan, ginekologik operatsiyalarning keng doirasi, shu jumladan endoskopik va kichik invaziv operatsiyalar amalga oshiriladi;
Bo‘lim zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, jarrohlik amaliyotiga ilg‘or jarrohlik usullari joriy etilgan.
Bo’lim 1 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Bo’limda 6 nafar shifokor, shu jumladan 1 nafar tibbiyot fanlari doktori va 1 nafar tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat yuritadi.
Bo’lim mudiri - oliy toifali akusher-ginekolog shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Shamirov D.A.