2023-yil 1-oktabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida reproduktiv salomatlik va rejalashtirish bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, shu sanagacha 2011-yildan boshlab Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi 296-son Qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bo‘limiga aylantirildi. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 14 ta hududiy filiallarida reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bo'lim faoliyati yo'nalishlari:
Reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish
O'smirlar bilan ishlash
Turmush qurayotganlar uchun maslahatlar
Markaz filiallariga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish
Aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish
Zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg'or diagnostika va davolash standartlarini joriy etish
Xorijiy davlatlarning tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish
Bo'lim boshlig'i - reproduktiv salomatlik va oilani rejalashtirish bo'yicha direktor o'rinbosari - Yu. R. Eshanova. Bo'limda 6 nafar shifokor o'z faoliyatini olib boradi.