Специальные возможности

JORIY VOQEALAR

 


Kadrlar tayyorlash va shifokorlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʼlimi

9 dekabr 2020 yilda tashkil qilingan.

 

Boʼlim maqsadi: 

•   shifokorlarning asosiy taʼlim dasturlari bilan bir qatorda ularning kasbiy bilim, kompetentsiyalarini oshirish, amaliy malaka hamda koʼnikmalarini takomillashtirish, mehnat vazifalarini kasb standartlariga muvofiq bajarishlariga tayyorlash.

Boʼlimning asosiy vazifalari: 

•   sogʼliqni saqlash tizimi xodimlarining mahalliy va xorijiy mamlakatlar tibbiyot fani va texnologiyalarining yutuqlari, chet el davlatlarining ilgʼor tajribasi toʼgʼrisidagi yangi bilimlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish;

•   sogʼliqni saqlash Vazirligi tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taʼlim dasturlari asosida hamda oʼquv jarayonida zamonaviy tibbiyot fani yutuqlari va yuqori tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda mavzuviy malaka oshirish kurslarini oʼtkazish va shifokorlarni qoʼshimcha ixtisoslikka tayyorlash;

•   klinik ordinatura dasturlari boʼyicha tayyorlash. 

 

Kadrlar tayyorlash va shifokorlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʼlimi faoliyati quyidagi meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

1.  Oʼzbekiston Respublikasi 23.09.2020 yildagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi №OʼRQ-637 Qonuni. 

2.  Oʼzbekiston Vazirlar Mahkamasining 18.12.2009 yildagi “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 319-sonli Qarori. 

3.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2020 yildagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4666-sonli Qarori.

4.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2019 yildagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4310-sonli Qarori.

5.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.04.2022 yildagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʼgʼrisida”gi 216-sonli Qarori.

6.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 8.09.2023 yildagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 296-sonli Qarori.

7.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.12.2018 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 5590-sonli Farmoni.

8.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2021 yildagi “Sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʼgʼrisida”gi 6221-sonli Farmoni. 

9.  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi 60-sonli Farmoni. 

10.         Oʼzbekiston Respublikasi 6.05.2016 yildagi “Oliy oʼquv muassasalarini loyihalash, qurish, jihozlash va ulardan foydalanishga qoʼyiladigan gigienik talablar” 0330-16-sonli SanQvaN.

11.         Oʼzbekiston Respublikasi 10.01.17 yildagi “Kasalxona ichidagi infektsiyalarning oldini olish” 0342-17-sonli SanQvaN.

12.         Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligining 19.10.2021 yilda imzolangan “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standarti. Аsosiy qoidalar” Oʼzbekiston Respublikasi davlat standartini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 35-2021-sonli buyrugʼi

13.         Oʼzbekiston SSVning 22.03.2016 yildagi “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish boʼyicha tadbirlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 140-sonli buyrugʼi.

14.         Oʼzbekiston SSVning 19.07.2021 yildagi “2021-2022 oʼquv yili uchun klinik ordinaturaga (rezidenturaga) qabul qilish toʼgʼrisida”gi 172-sonli buyrugʼi.

15.         Oʼzbekiston SSVning 6.03.2020 yildagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim tizimida kredit modul usuliga asoslangan malaka oshirish va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 59-sonli buyrugʼi.

16.         Oʼzbekiston SSVning 15.06.2020 yildagi “Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika sohalarida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning yangi tizimini shakllantirish boʼyicha meʼyoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 160-sonli buyrugʼi.

17.         Oʼzbekiston SSVning 09.09.2020 yildagi “Uzluksiz kasbiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish kurslari uchun oʼqitish qiymati miqdorlarini aniqlash boʼyicha yoʼriknomani tasdiqlash haqida”gi 237-sonli buyrugʼi

18.         Oʼzbekiston SSVning 17.09.2020 yildagi “Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy taʼlim tizimida malaka oshirish va ixtisoslashtirish oʼquv dasturlari xamda malaka oshirish va ixtisoslashtirish sertifikatlari namunalarini tasdiqlash haqida”gi 245-sonli buyrugʼi.

19.         Oʼzbekiston SSVning 18.07.2022 yildagi “2022/2023 oʼquv yilida klinik ordinaturaga (rezidenturaga) qabul toʼgʼrisida”gi 200-sonli buyrugʼi. 

20.         Oʼzbekiston SSVning 26.07.2023 yildagi “2023/2024 oʼquv yilida klinik ordinaturaga (rezidenturaga) qabul toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi. 

21.         Oʼzbekiston SSVning 07.10.2021 yildagi “Klinik bayonnomalar va qoʼllanmani tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 245-sonli buyrugʼi. 

22.         Oʼzbekiston SSVning 30.11.2021 yildagi “Davolash-profilaktika muassasalari uchun klinik bayonnomalar hamda kasalliklarni tashxislash va davolash standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 273-sonli buyrugʼi. 

23.         Oʼzbekiston SSVning 3.08.2023 yildagi “Аkusherlik va ginekologiya yunalishida klinik bayonnomalar, tashxislash va davolash standartlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 188-sonli buyrugʼi. 

24.         Oʼzbekiston SSVning 13.12.2023 yildagi “Davolash profilaktika muassasalari uchun klinik protokollar va standartlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 322-sonli buyrugʼi. 

25.         Oʼzbekiston SSVning 22.01.2024 yildagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari ustavi va tuzilmasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 14-sonli buyrugʼi. 

26.         Kadrlarni tayyorlash va shifokorlarni uzluksiz kasbiy malakasini oshirish boʼlimi toʼgʼrisidagi Nizom.

 

2024-2025 yillar uchun tematik takomillashtirish va ixtisoslashtirish kurslari mavzulari:

 

Kurs nomi          

                                     

Oʼtkazish sanasi

Kreditlar miqdori     

Kurs narxi (soʼm)

RIOvaBSIATMDM negizida

Sayyor kurs

1

Shoshilinch akusherlik yordami

Talab boʼyicha

54

996 000

1 232 000

2

Klinik amaliyot uchun endokrin ginekologiya

Talab boʼyicha

54

1 023 000

1 228 000

3

Qin, bachadon boʼyni, vulva kasalliklari Kolposkopiya.

Talab boʼyicha

72

1 771 000

2 397 000

4

Аkusherlik va ginekologiyada zamonaviy anesteziologik yondashuv va shoshilinch intensiv terapiya

Talab boʼyicha

54

1 023 000

1 228 000

5

Ilmiy dallilarga asoslangan antenatal parvarish

Talab boʼyicha

36

531 000

927 000

6

Suyuq sitologiya usuli bilan bachadon boʼyni kasalliklarining sitologik diagnostikasi

Talab boʼyicha

36

1 105 800

-

7

Ҳомила ўсишининг чекланиши синдромига эга ҳомиладорларни бошқариш

Talab boʼyicha

36

885 000

-

8

Immunnoferment tahlil

Talab boʼyicha

54

1 106 000

-

9

Аkusherlik va ginekologiyada operativ-diagnostik endojarrohlik (qoʼshimcha mutaxassislik kursi)

Talab boʼyicha

720

12  650 000

-

 

 

Ta'lim quyidagicha tashkil qilinadi:

•  RIOvaBSIATM DM negizida (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, 132a)

•  kursga buyurtma bergan davolash muassasasi ma'muriyati bilan kelishgan holda sayyor kurslar shaklida. 

 

Ta'lim jarayoni yakunlangach, ishtirokchilarga Sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunadagi sertifikat beriladi. 

Ta'lim pullik hisobda, yotoqxona bilan ta'minlanmasdan oʻtkaziladi. 

 

Toʻlov shakli:

•  naqd pul bilan: ta'lim oluvchilar tomonidan oʻqish joyida amalga oshiriladi;

•  pul oʻtkazish yoʻli bilan: tasdiqlangan kalkulyasiya narxlari va taqdim etilgan hisob-kitob shartnomasi asosida amalga oshiriladi. 

 

Mavzuviy malaka oshirish va ixtisoslashtirish kurslariga yozilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: 

•  RIOvaBSIATM DM direktori nomiga yozilgan shaxsiy ariza (RIOvaBSIATM DM bazasida kurslar uchun);   

•  pasport nusxasi (tashrif buyuruvchilar uchun);

•  oliy tibbiy ta'lim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (bakalavr darajasi);    

•  birlamchi ixtisoslik diplomlarining nusxalari (internatura, klinik ordinatura, magistratura);

•  tibbiy muassasaning kadrlar boʻlimi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi;  

•  xizmat safari guvohnomasi (tashrif buyuruvchilar uchun);

•  ish joyidan yoki viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidan malaka oshirish yoki ixtisoslashtirishga yoʻllanma toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma; 

•  familiyasini oʻzgartirganda – nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;  

•  mutaxassislik boʻyicha malaka toifasi nusxasi.

 

Kadrlar tayyorlash va  shifokorlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻlimi tarkibida mavzuviy malaka oshirish kurslari, ixtisoslashuv va klinik ordinatura kurslarida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan oʻquv simulyasiya-trening markazi (OʻSTM) faoliyat koʻrsatmoqda.

OʻSTM vazifalari: 

•  shifokorlar, ordinatorlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining amaliy tayyorgarligini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib oshirish

•  ta'lim berish jarayoni, ustozlik, vorisiylikni rivojlashtirish

 

OʻSTM tuzilmasi:

•  akusherlik va ginekologiya, shuningdek, shoshilinch hamda diagnostik endojarrohlik boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun simulyasiya sinfi

•  neonatologiya boʻyicha amaliy koʻnikmalarni tarbiyalash uchun simulyasiya sinfi

•  anesteziologiya va reanimatologiya boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish uchun simulyasiya sinfi va debrifing zonasi

 

Barcha qoʻshimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon orqali bilib olishingiz mumkin: +99871 263 78 46

Полезные ссылки