Специальные возможности
OilyTheme

Amaliy hamkorlikning sifat jihatidan yangi bosqichi

Ma'lumki, joriy yil iyun oyining birinchi dekadasida Samarqand shahrida O'zbekiston-Rossiya xalqaro tibbiyot forumi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli tadbir ishida O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi sog'liqni saqlash vazirlari – Amrillo Inoyatov va Mixail Murashko, diplomatik korpus vakillari, yetakchi oliy tibbiyot o'quv yurtlari rektorlari va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ikki mamlakatning yirik farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari rahbarlari - jami 500 dan ortiq kishi ishtirok etdi. "RIOvaBSIATM" davlat muassasasi ham ushbu Forum ishida faol ishtirok etib, ish jarayonida bir qator uchrashuvlar o'tkazdi va keyingi amaliy hamkorlik uchun ikki tomonlama o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatdi.

Birinchidan, Forum doirasida keyingi qo'shma tadqiqotlar, loyihalar va ishlanmalarni rivojlantirish, O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasining tibbiyot tashkilotlari va muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi. Tatariston Respublikasidagi bir guruh hamkasblarning hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasining turli mintaqalaridagi o'zbek mutaxassislari bilan amaliy tajribalarini baham ko'rishda davom etayotgan ishchi tashrifi buning yaqqol tasdig'idir. Xususan, joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Minnullina Farida Foatovna – Qozon shahridagi "7-sonli shahar klinik kasalxonasi" 2-sonli ginekologiya bo'limi mudiri tashrifi bo’lib o’tdi. U nafaqat akusherlik va ginekologiya bo'yicha amaliyotchi mutaxassis, balki kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, KFU akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiridir.

Tashrif davomida xorijiy mutaxassis Markazning ilmiy-amaliy faoliyati, uning yangi tuzilmasi, ko'rsatilayotgan xizmatlar, tibbiy turizmning holati va rivojlanishi, moddiy-texnik bazasi va zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganligi bilan tanishdi. Tashrif rejasiga ko'ra, F. Minnulina Markaz rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi, bemorlar bilan maslahat ishlarida, ginekologik bemorlarni ertalabgi ko`rigida o'tishda ishtirok etdi, har birining kasallik tarixi bilan qiziqdi va milliy protokollar asosida o'z tavsiyalarini berdi. Shuningdek, klinik ordinatorlar bilan suhbat tashkil etilib, uchrashuv davomida amaliyotga  va ko'p yillik tajribaga asoslangan qimmatli maslahatlar berildi. Bundan tashqari, O'zbekistonlik mutaxassislar uchun jarrohlik operatsiyasi mahorat darsi o'tkazildi. Bemor Sapaeva N. S. 48 yoshli "FIGO 2,3,4,6 turi bo'yicha ko'p tugunli mioma. Og'riq va qon ketish alomati" tashxisi bilan ginekologiya bo'limi boshlig'i va klinik ordinator ishtirokida jarrohlik amaliyotiga olindi.

Respublikamizda Tatariston mutaxassislarining amaliy faoliyati davom etmoqda.

Полезные ссылки