YANGILIKLAR

"I tipdagi Neyrofibromatoz va pleksimon neyrofibromalar" mavzusida xalqaro o‘quv ilmiy seminari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 1-apreldagi 05-28/7124-sonli topshiriq xati asosida joriy yilning 4-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash mutaxassislari ishtirokida "I tipdagi Neyrofibromatoz va pleksimon neyrofibromalar" mavzusida xalqaro o‘quv ilmiy seminari o‘tkazildi.

Shuningdek, ushbu nozologiya bo‘yicha bemorning klinik holatini tahlil qilish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.

Seminarda quyidagi ma’ruzalar tinglandi:

Dorofeeva Marina Yurevna - Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining N. I. Pirogov nomidagi RIATM qoshidagi FGAOU, akademik Yu. Ye. Veltishchev nomidagi Pediatriya va bolalar xirurgiyasi ilmiy-tekshirish instituti psixonevrologiya va epileptologiya bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi.

Tereshchenko Galina Viktorovna - tibbiyot fanlari nomzodi, FDBM rentgenologiya bo‘limi boshlig‘i.

Dinikina Yuliya Valerevna - tibbiyot fanlari nomzodi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining "V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi" Federal Davlat Tibbiyot Instituti dotsenti.

Neyrofibromatoz - orfan kasallik bo‘lib, yangi o‘smalar paydo bo‘lishiga olib keladigan genetik kasalliklar qatoriga kiradi. Kasallik teri, asab, ko‘rish, suyak tizimlarining shikastlanishi bilan tavsiflangan irsiy kasalliklar guruhiga kiradi. Patogen mutatsiya homilaning ona qornida rivojlanish davrida tasodifan paydo bo‘lishi yoki ota-onalardan biri tomonidan irsiylanishi mumkin.