Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarning etakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga 1-3 oy muddatga malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborish maqsadida tanlov e'lon qilindi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarning etakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga 1-3 oy muddatga malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborish maqsadida tanlov e'lon qilindi: https://gov.uz/uz/ssv/news/view/10585/.

 

Tanlov akusherlik va ginekologiya yoʻnalishi boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va Bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Ishchi guruhi tomonidan suhbat asosida

2024 yil 31 may kuni oʻtkaziladi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

a) Ishchi komissiyasi raisi nomiga ta'limning shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan, belgilangan tartibdagi ariza;

 

b) belgilangan shakldagi ma'lumotnoma-ob'ektivka (anketa);

 

v) oliy ta'lim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi;

 

g) oxirgi 3 yilda xorijda va respublika ta'lim muassasalarida malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikat;

 

d) ilmiy darajasi va ilmiy unvonini tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi (agar mavjud boʻlsa);

 

e) mehnat daftarchasi nusxasi;

 

j) pasport nusxasi;

 

z) oxirgi 5 yilda malaka toifasiga ega boʻlganligi toʻgʻrisida sertifikat;

 

i) oxirgi 1 yilda seminar, konferensiyalarda ma'ruza bilan yoki ma'ruzasiz ishtirok etganligi toʻgʻrisida sertifikat;

 

k) chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikasiya sertifikati (SEFR (multilevel)), IELTS, TOEFL va ularga tenglashtirilgan), agar mavjud boʻlsa.

 

Hujjatlar haqqoniyligiga nomzodlar oʻzlari shaxsan javobgar hisoblanadi!

 

Ushbu hujjatlar quyidagi ilovada belgilangan tibbiyot tashkilotlarning elektron manzillariga yuboriladi:

1) islambek_95_95@mail.ru

2) sarkor_70@mail.ru

 

 

Ma'lumot uchun telefon raqami: +99 8 99 818 85 32

Полезные ссылки