Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

Guanchjouda bo’lib o’tgan xalqaro forum natijalari to’g’risida

Joriy yil 8-13 avgust sanalarida Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida “Birdamlik-rivojlanish-innovatsiya” shiori ostida Klinikalar hamkorligi va rivojlantirilishi bo’yicha xalqaro forum-2023 bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirning  tashkilotchisi Guandun viloiyati klinikalari assotsiatsiyasi bo’ldi.

Xalqaro forum ishida dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan vakillar –  fan doktorlari, professorlar hamda yetakchi olimlar tamsil etdi. Ushbu davlatlar orasida, AQSH (Venderbilt Universiteti, Stenford Universiteti, Texas Universitetining Onkologiya markazi), Yaponiya (Tsukuba Universiteti), Avstraliya, Filippin, Nepal, Tayland, Singapur, Indoneziya, Qozog’iston vakillari hamda tibbiyot hamshiralari assotsiatsiyalari federatsiyasining rahbari va a’zolari tadbirda ishtirok etishdi. O’zbekistondan vakil sifatida bu nufuzli tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori, tibbiyot fanlari doktori N.S.Nadirxanova hamda Markaz anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Kim Yen-Din qatnashdi.

Xalqaro forum ishi davomida “RIAGIATM” davlat muassasasidan delegatlar taqdimotlar o‘tkazdilar hamda O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot tashkilotlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik rejasini taqdim etdilar. Shuningdek, yalpi majlis yakunida “RIAGIATM” davlat muassasasi va Guanchjou  “Ona va bola” markazi o’rtasida O’zaro hamkorlik qilish bo’yiucha bitim imzolandi.

Klinikalar hamkorligi va rivojlantirilishi bo’yicha xalqaro forum-2023 ishchi dastiri doirasida, “RIAGIATM” davlat muassasasi direktori N.S.Nadirxanova  va Markaz anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Kim Yen-Din, «Rain Sen Da» MCHJ vakili hamda O’zbekistondagi Guangzhou Wondfo Biotech Co., Ltd bosh vakili bilan Guanchjou “Ona va bola” markaziga, ushbu tashkilot rahbari va hamkasblari bilan uchrashish va amaliy tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi. Bundan tashqari, vakillarimiz Guangzhou Wondfo Biotech Co., Ltd zavodiga tashrif buyurishib, tashrif chog’ida  texnologiya va taʼlim sohasida axborot va tajriba almashish boʻyicha amaliy xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Tashrifning yakuniy kunida Guanchjou shahar partiya kengashida O’zbekistonlik mehmonlar sharafiga madaniy dastur, rasmiy fotosessiya, shuningdek, tantanali marosim tashkil etildi.

Полезные ссылки