Специальные возможности
OilyTheme

Diqqat, E’lon!

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

2024 o'quv yili "Akusherlik va ginekologiya -14.00.01" yo'nalishi bo'yicha Tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikga qabul e’lon qiladi. Hujjatlar 15 sentyabr - 15 oktyabr davrida qabul qilinadi. Tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

✅Ariza.

✅Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).

✅Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

✅Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa), IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar

✅Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).

✅Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)

✅Pasport nusxasi.

Полезные ссылки