Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

“Akusherlik va ginekologiyada operativ-diagnostik endoxirurgiya”

2022-yil 18-iyunda akusher-ginekologlar uchun  akusherlik va ginekologiyada endovizual jarrohlik- laparoskopiya va gisteroskopiya yo‘nalishi bo‘yicha qo’shimcha ixtisoslashtirilgan kursi yakunlandi. Kurs RIAGIATM DM negizida bo‘lib o‘tdi, kurs davomiyligi 720 soatni (5 oy) tashkil etdi. Ta’lim davomida Toshkent shahri, Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatidan kelgan 6 nafar mutaxassis akusherlik va ginekologiyada qo‘llaniladigan laparoskopik va gisteroskopik aralashuvlar bo‘yicha to‘liq hajmda o‘qitildi va ular O‘zbekiston Respublikasi hududlarida yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishadilar.

Bitiruvchilarimizni kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz, ularga sogʼliq-salomatlik, masʼuliyatli ishlarida zafarlar va kasbiy mahoratlarining yanada yuksalib borishini tilaymiz!

Navbatdagi kurs anonsi- uzaig.uz saytida.

Полезные ссылки