Специальные возможности
OilyTheme

“RIAGIATM” DM mutaxassislarining “Ginekologik oʻsmalarni davolashda zamonaviy yondashuv” Yevroosiyo Sammitidagi ishtiroki

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida joriy yilning 26-28 aprel kunlari “Ginekologik o‘smalarni davolashda zamonaviy yondashuv” mavzusidagi Yevroosiyo Sammiti bo‘lib o‘tdi.

Sammitda AQSH, Italiya, Turkiya, Gruziya, Ispaniya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreya va Markaziy Osiyo davlatlaridan onkologiya boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu xalqaro tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti hamda Yevropa parlamenti deputatlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Xalqaro sog‘liqni saqlash agentligi vakillari, saraton bo'yicha tibbiy tadqiqotlar tashkiloti (IARC), Yevropa tibbiy onkologiya jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi jamg'armasi, Xalqaro ginekologik saraton jamiyati (IGCS), Amerika-Evroosiyo saraton alyansi (AECA), Amerika Klinik onkologiya jamiyati (ASCO) va boshqalar ishtirok etdi. Ushbu tadbirda O‘zbekistondan vakil sifatida “RIAGIATM” davlat muassasasi mutaxassislari – Fayziraxmanova M.M., Aliyeva D.A. va Mirzaeva Yu.K. ishtirok etdilar.

Sammit davomida ginekologik oʻsmalarni diagnostikasi va davolashning dolzarb masalalari, ginekologik saraton bilan kasallangan bemorlarga yordam koʻrsatishning klinik holatlari va istiqbollari, shuningdek, bachadon boʻyni saratoni profilaktikasi, shu jumladan HPVga qarshi emlash masalalari muhokama qilindi. Tuxumdon saratonining molekulyar diagnostikasi, tuxumdon saratoni muammosi, bachadon tanasi saratoni, yo‘ldoshning trofoblast o‘smasi, vulva saratoni va bachadon bo‘yni saratoni skriningi masalalari yuzasidan atroflicha muhokama va munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Markaz mutaxassislari yaqin va uzoq xorijdagi hamkasblari bilan yangi kasbiy aloqalar o‘rnatish, shuningdek, ginekologik o‘smalarning oldini olish va davolash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblar bilan ushbu yo’nalishdagi faoliyatni faollashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Полезные ссылки