Специальные возможности
OilyTheme

“RIAGIATM” DM mutaxassislari QRTA XIV Xalqaro kongressida

Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida QRTAning “Bepushtlikni davolashda zamonaviy yondashuvlar. VRT: bugungi kun va kelajak” mavzusida XIV Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongress an'anaviy ravishda bepushtlik va reproduktiv salomatlikning muhim masalalarini, yordamchi reproduktiv texnologiyalarini (ART), shu jumladan “in vitro” urug'lantirishdan (IVF) foydalanish muammolarini muhokama qilish uchun Qozog'iston va jahonning yetakchi ekspertlarini birlashtirib, mahalliy va xorijiy mutahassislarga taqdimot bilan chiqish imkoniyatini yaratdi.

Kongressda Qozogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Giniyat Ajar Giniyatovna, mamlakatning yetakchi ilmiy va klinik markazlari rahbarlari, Qozogʻiston, Portugaliya, Italiya, Rossiya, Belarus, Isroil kabi davlatlarning reproduktiv texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Ukraina, Fransiya, Hindiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Jumladan, Dr. Bruno Lunenfeld – professor, tibbiyot fanlari nomzodi, Amerika akusher-ginekologlar jamiyatining faxriy aʼzosi, Filippin akusher-ginekologlar jamiyatining faxriy aʼzosi (Isroil); Adrian Ellenbogen - professor, Hillel Yaffe tibbiyot markazining IVF bo'limi direktori (Isroil); Dov Feldberg - professor, Rabin nomidagi tibbiyot markazining akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri (Isroil); Prof. Xavard Karp – Tel-Aviv universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, Kiprning Nikosiya universiteti faxriy klinik professori; Dr. Luka Gianaroli - FRCOG, S.I.S.Me.R ilmiy direktori. Reproduktiv tibbiyot kafedrasi (Boloniya, Italiya); prof. Kalinina Yelena Andreevna - "ART-ECO" reproduktiv salomatlik klinikasi direktori; Prof. Korsak Vladislav Stanislavovich - RIRA prezidenti (Rossiya); prof. Orazov Mekan Rahimberdievich - tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Xalqlar do'stligi universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi perinatologiya kursi professori va ko’plab boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi

Kongress ishida “RIAGIATM” davlat muassasasidan vakillar sifatida Axmedova Shirin Abdullayevna – tibbiyot fanlari nomzodi, akusher-ginekolog; Atajanova Nargiza Pulatovna – Oila va nikoh poliklinikasi akusher-ginekologi; Shomirov D.A. - akusher-ginekolog, jarroh ishtirok etdilar.

Kongress doirasida Qozog‘iston, Isroil, Portugaliya, Italiya, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Gruziya va Hindistondan kelgan mutaxassislar ishtirokida sun’iy urug’lantirish hamda akusherlik va ginekologiya sohasidagi embriologiyaning boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Usbu jarayonlarda qatnashgan mutaxassislar o’zlari qiziqqan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

Полезные ссылки