Специальные возможности
OilyTheme

Qozog'iston Respublikasi bilan hamkorlik: yangi amaliy darajaga chiqish.

Bugungi kunda O'zbekistonning yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorligi ochiqlik, o'zaro ishonch, qo'llab-quvvatlash, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida turli yo'nalishlarda jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, "RIOBSIATM" davlat muassasasi qo'shni respublikalarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari va muassasalari bilan ikki tomonlama o'zaro manfaatli aloqalarga alohida e'tibor qaratadi, ularga alohida joy ajratadi. Buning yorqin tasdig'i sifatida Markaz va bir qator O'rta Osiyo respublikalari o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumlari, shuningdek xalqaro hujjatlar ma'lumotlari asosida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlarni ko’rishimiz mumkin.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, o'tgan davrda O'zbekiston va Qozog'istonning tibbiyot sohasidagi munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Qozog'iston va O'zbekistonning tibbiyotdagi munosabatlari bugungi kunda yaxshi qo'shnichilik, sheriklik, ittifoqchilik, professionallik va qardosh xalqni har tomonlama qo'llab-quvvatlash kabi qimmatli tamoyillarga asoslanadi. Aynan shu tamoyillar asosida ikki mamlakat o'rtasida samarali faoliyat olib borilmoqda.

Chunonchi, joriy yilning 13 oktyabr kuni Qozog'iston rasmiy delegatsiyasining vazirliklar va idoralar, Ostona shahar hokimligi, shuningdek, Qozog'iston tibbiyot tashkilotlari va muassasalaridan tarkib topgan vakillari "RIOBSIATM" DM misolida, mamlakatimizda sog'liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishish, akusherlik va ginekologiya faoliyatida tegishli yo'nalishlar bo'yicha professional tajriba almashish maqsadida Markazga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markazda tashkil etilgan bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar, bu yerda olib borilayotgan yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari va fetal tibbiyotining operatsiyalari haqida bilib oldilar. Boshqa mamlakatlardan chet el fuqarolarini jalb qilish to`g`risidagi Markazning samarali faoliyatiga alohida yuksak baho berildi va bu yerda yuqori malakali yordam olayotgan Qozog'istonlik bemorlar ko’pchilikni tashkil etayotganligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, kelajakda qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat ixtisoslashtirilgan tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, natijada ikki tomonlama munosabatlarni yangi almashinuv-amaliy darajaga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Полезные ссылки