Специальные возможности
OilyTheme

Bo’lim faoliyatining 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari belgilandi

 “RIAGIATM” DM Xalqaro va tibbiy turizm bo’limining Nizomida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib hamda yillik ish rejasiga asosan, har kalendar yili boshida bo’lim oldida turgan ustuvor yo’nalishlar aniqlanib belgilab olinadi hamda yo’nalishlardagi muhim masalalar ajratilib, ularni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar tuziladi.

  Jumladan, joriy 2023 yilda bo’lim tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish belgilandi:

-“RIAGIATM” DMning xorijiy tibbiyot muassasalari hamda hamkor tashkilotlar bilan avvaldan tuzgan kelishuv va bitimlarining  amaliy jihatlarini kuchaytirish, kelgusi hamkorlik uchun imzolanadigan hujjatlar bo’yicha amaliy aloqalarni o’rnatish;

-“RIAGIATM” DM mutaxassislarining malaka va amaliy ko’nikmalari darajasini yanada oshirish maqsadida, xorijiy xizmat safarlari hamda markazga jahonda yetakchi sanalgan xorijiy tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislari tashriflarini ko’paytirish. Ushbu yo’nalishni rivojlantirish jarayonida yangi takomillashgan hisobot shakllarini amaliyotga joriy etish;  

-xorijdan tashrif buyurayotgan bemorlarga, ularning barcha xohish va istaklarini inobatga olgan holda, yuqori sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish va oldingi tajribadan kelib chiqib, ularning turlarini ko’paytirish. Mavjud tibbiy turizm paketlarini takomillashtirish va yangilarini yaratish;

-respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda qo’shma loyihalarni amalga oshirish. E’lon qilinadigan xorijiy grant loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etish;

-xorijda va yurtimizda chet el mutaxassislari ishtirokida bo’lib o’tadigan ilmiy-amaliy anjumanlarda markaz mutaxassislarining faol qatnashuvini ta’minlash, orttirilgan amaliy ko’nikma va tajribalarni hamda yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo’llash.

  Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida “RIAGIATM” DM yuqori ko’rsatgichlarga ega bo’lib, milliy tibbiyot darajasi yuksalishiga xizmat qiladi.

Полезные ссылки