Специальные возможности
OilyTheme

Xalqaro hamkorlik – amaliy faoliyat samaradorligini oshirishning muhim tarkibiy qismi

Bugungi kunda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, innovatsion texnologiyalar va texnologik yutuqlarni tibbiyot sohasida qo’llash, shuningdek, tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash nafaqat ustuvor vazifa, balki amaliy faoliyat samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etib, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan tibbiyotdagi zamonaviy texnologiyalar bugungi kunda "qo'l ko'nikmalari" dan foydalanish orqali bajarish mumkin bo'lmagan ko'plab vazifalarni hal qilishga imkon beradi.

Davlatimiz tomonidan respublikamizning eng chekka hududlaridagi tibbiyot muassasalarini ham sifatli zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga ahamiyat berilayotgani, ushbu texnologiyalardan foydalanishga barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida e’tiborga molikdir. Shu bilan bir qatorda, tegishli xorijiy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda maslahatlashuvlar, o‘quvlar va faoliyatning ushbu yo‘nalishini monitoring qilish masalalarida xalqaro hamkorlikka katta ahamiyat berilmoqda.

Yuqorida ta’kidlangan ishlar doirasida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zining “O‘zbekistonda ilg‘or tibbiy texnologiyalarni boshqarish” loyihasining operativ rejasiga, xususan, Germaniyaning GOPA kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan 3-sonli komponentiga muvofiq, tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlarni olish maqsadida pilot loyihasiga kiritilgan sog'liqni saqlash muassasalariga yillik rejalashtirilgan tashrifini amalga oshirdi.

Mazkur monitoring tashrifi tibbiy texnologiyalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis, doktor Ann-Kristin Xanzerning tashrifi bilan umumiy reja asosida amalga oshirilib, ushbu xorijiy mutaxassisning Samarqand viloyati perinatal markazi – “RSNPMCAG” davlat muassasasi filialida amaliy tadbir o’tkazishiga zamin yaratdi. Ushbu tadbir chog’ida, Markaz filiali xodimlari bilan tibbiyot texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatish bo’yicha masalalar muhokama etilib, balansdagi mavjud jihozlardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, xorijiy mehmon tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanma taqdim etildi.

Полезные ссылки