19 sentyabr 2007 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan "Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida" PF-3929 "Sog'liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari to'g'risida" va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va 21 may 2009 yil №145 sonli qaroriga muvofiq Akusherlik va gynekologiya ilmiy tadqiqot instituti Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.