Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz
Не навреди (больному).Гиппократ

 

3 – 7 iyul 2017 yil Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Zeyneb Kamil nomidagi “Ayollar va bolalar” kasalxonasi (Istanbul, Turkiya) TIKA xamkorligida «Akusherlik va ginekologiyada jarroxlik amaliyotlari» mavzusida maxorat darslari o‘tkazildi. 

Maxorat darslari 2 qismdan iborat bo‘ldi.

1) Jarroxlik xonasidan Mexmed Baki Chenturk, Zeyneb Kamil nomidagi “Ayollar va bolalar” kasalxonasi shifokori,  dotsent (Istanbul, Turkiya) ishtirokida Laparoskopik gisteroektomiya, kesar kesish amaliyoti 2 ta va konservativ miomektomiya amaliyotlari videotranslyasiya orqali namoyish etildi.

2) “Akusherlik amaliyotidagi asoratlar”, “Zamonaviy akusherlikda xirurgik gemostazning ketma-ketligi”,  “Kesar kesish amaliyotidagi kompression chok qo‘yish texnologiyasi”, “Ichki yonbosh arteriyasini bog‘lash”, “Jarroxlik amaliyotlari paytida kichik tos anatomiyasining xususiyatlari” mavzularida seminar bo‘lib o‘tdi.

Bu ishchi dastur 7 iyulgacha O‘zbekistonning boshqa shaxarlarida xam  quyidagi navbat bo‘yicha  qaytariladi. 

Birinchi kun - 3  iyul 2017 yil Toshkent shaxri,  Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi. Qatnashuvchilar: Toshkent viloyati akusher-ginekologlari 20 ta, RIAGIATM mutaxassislari 10 ta.

Ikkinchi va uchinchi kunlar -  4-5  iyul 2017 yil  Toshkent viloyati, Chirchiq shaxri, Toshkent viloyat perinatal markazi. Qatnashuvchilar: Toshkent viloyati akusher-ginekologlari 9 ta, RIAGIATM mutaxassislari 4 ta.

To‘rtinchi kun - 6  iyul 2017 yil Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxonasi. Qatnashuvchilar: Toshkent viloyati akusher-ginekologlari (Kuyichirchik TTB, Oqqo`rgon TTB, Zangiota TTB, Parkent TTB, Bo`stonlik TTB, Qibray TTB, Chinoz TTB, Yangiyo`l TTB)  9 ta.

Beshinchi kun - 7  iyul 2017 yil Toshkent viloyati, Olmaliq shaxar tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxonasi. Qatnashuvchilar: Toshkent viloyati akusher-ginekologlari (Angren SHTB, Oxangaron SHTB, Bekobod SHTB, Bekobod  TTB, Bo‘ka TTB, O‘rtachirchiq TTB, Pskent TTB, Yuqorichirchiq TTB, Olmaliq SHTB)  9 ta.  

 

A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa