Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz
Если у тебя все в порядке с желудком, грудью, ногами, никакие царские сокровища не смогут ничего прибавить.Гораций

Og'riqsizlantirish va jonlantirish bo'limi Markaz klinika binosining 5- qavatida joylashgan bo'lib 12 o'ringa mo'ljallangan.

Bo'lim mudiri - tibbiyot fanlari doktori, professor Kim En Din 

Ilmiy bo'lim boshlig'i - tibbiyot fanlari doktori, professor Semenihin Arsen Arsenevich
Bo'limda quyidagi asosiy yo`nalishlar ustuvor hisoblanadi:

---- jarrohlik amaliyoti mobaynida bemorlar uchun havfsizlik choralarini ishlab chiqarish va takomillashtirish.
---- infuzion va transfuzion muolaja utkazish.
---- akusherlik va ginekologiya amaliyotida og'riqsizlantirish va jonlantirish.
---- Markaziy neyroaksil og'riqsizlantirish.

Bo'limning asosiy vazifalari:

O`zbekiston respublikasi, shu jumladan Markazning boshqa bo`limlaridan tushgan bemorlarni operatsiya, tug`ruq, tashxis qo`yish va davolash muolajalari vaqtida umumiy va maxalliy anesteziyaga tayyorlash va uni o`tkazish, reanimatsiya va intensiv terapiya chora tadbirlarini o`tkazishni amalga oshirish, xayotiy muxim organ va sistemalar faoliyatining o`tkir buzilishi bilan tushgan bemorlar axvolini barqarorlashtirish, bo`limdagi va boshqa davolash profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlarini nazariy va amaliy bilimlari saviyasini oshirish, amaliy ogriqsizlantirish va jonlantirish masalalari bo`yicha tibbiy maslaxatlar berish kiradi.

Ogriqsizlantirish va jonlantirish bo`limi xavf asorati yuqori bo`lgan guruxga mansub bemorlarda operatsiya va tug`ruqni og`riqsizlantirishda multimodal mo`tadillashtirilgan anesteziya va analgeziyaga mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqish va tadbiq etishni amalga oshiradi.

Zamonaviy texnologiyalarni amalda qo‘llash - operativ muolajalarning xavfsizligi, yuqori samaradorligi, operatsiyadan keyingi davrdagi reabilitatsiyasini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlaydi.
«RIAGIATM» AJ «Ogriqsizlantirish va jonlantirish bo‘limi" tajribasi O`zbekiston Respublikasida anesteziolog – reanimatologlarni o‘qitish yevropa qo`mitasi shtatli lektorlari bo‘lgan (tibbiyot fanlari doktori, professor Seminixin A.A, tibbiyot fanlar doktori, professor Kim En Din, tibbiyot fanlar nomzodi etakchi mutaxassis Abidov A.K va yuqori toifali shifokorlar), akusherlik ogriqsizlantirish va jonlantirish soxasida yuqori malakaga ega etakchi mutaxassislar bilan ta’minlangan ilmiy bo‘limning ochilishi va faoliyat yuritilishiga asos bo‘lgan ta’lim modul tamoilida faol shaklda olib boriladi (o‘quv – referativ konferensiya, seminar – konferensiya, seminar – muzokara, seminar – davra ).

Bo‘limning zamonaviy diagnostik, laborator va davolash uskunalari bilan ta’minlanganligi davolash va o‘quv jarayonlarini yuqori darajada olib borishga imkon beradi.



                                              

A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa