Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz

RIA va GITM «AJ» tizimida 2 ta chaqaloqlar bo`limi mavjud. Bo‘limda chaqaloqlarga oliy darajada tibbiy yordam ko‘rsatish, onalarga chaqaloq parvarishi, ko‘krak suti bilan emizish, ona suti targ‘ibot ishlarini olib boriladi.

Bo‘lim vazifalari:
1.Tug‘ruq va operatsiya xonalarida oliy darajada zamonaviy tibbiy yordam va jonlantirish amallarini ko‘rsatish.
2.Birlamchi jonlantirish amallarini o‘tkazish bolalarni intensiv xonada kuzatish.
3.Bolalarda moslashish davrini buzilishini erta aniqlash.
4.Chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni erta aniqlash va shoshilinch yordam ko‘rsatish.
5.Onalarga   bola parvarishi, emizish qoidalari, ko‘krak suti targ‘iboti. Bolada xafvli kechinmalar paydo bo‘ladigan holatlarni onalarga tshuntirish  ishlarini olib borish. Emlash va neonatal skriniy amallarni o‘tkaziladi.

Akusher-ginekolog shifokorlari bilan birgalikda, homiladorlik patologiyasi og‘ir kechadigan  ayollarni tug‘ruqqa tayyorlash ishlarini olib borish.

Bo‘lim yangi zamonaviy tibbiy asbob va uskunalar:
Kuvezlar, foto terapiya lampasi  infuzamatlar, taroz bilan ta’minlangan.  «RIAvaGIATM» AJ Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi dasturi va texnologiyalarini tadbiq etuvchi jamiyat bo‘lib hisoblanadi.
-    Bolaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lish.
-    Ko‘krak suti bilan boqishni o‘rgatish yo‘nalishlari kiradi.


Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi.

Bo'lim mudiri - Irgasheva Nodira Dalavaevna, oliy kategoriyali neonatolog.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi AJ qoshida 02.02.2015 yilda ochilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalari:
«RIAvaGIATM» AJ klinikasida tug‘ilgan, tibbiy parvarishga muhtoj (xirurgik patologiyasiz) chala tug‘ilgan va o‘z vaqtida tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori saviyali diagnostik va tibbiy muolaja yordamini ko‘rsatish

Bo‘lim tizimi
- Bo‘lim 6- qavatli «RIAvaGIATM» AJ klinikasi asosiy korpusining 1-chi qavatida joylashgan.

- Aloxida kirish eshigiga ega. Quvvati - Markaz umumiy yotoq fondining 8 ta koykasidan iborat. Ona va bola birgalikda bo‘lishiga mo‘ljallangan 6 ta palata. Har bir palataga shaxsiy parvarish uchun zarur bo‘lgan anjomlar (termometr, grelka va bosh.) biriktirilgan, kyuvezlar va boshka asboblar uchun elektr tarmog‘i va etarli darajada rozetkalar mavjud.

- 2 ta koykadan iborat Intensiv  post (2 ta kislorod ta’minoti, 2 ta kuvez, 2 ta liniomat bilan)
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limiga faqat RIAGIATM AJ klinikasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tibbiy parvarishga muhtoj (xirurgik patologiyasiz) ko‘rsatmalar bo‘lgan taqdirda davomiy tibbiy muolaja va parvarishlash uchun kelib tushadi. Bular ikkita neonatal hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi bo‘linmalaridagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar.

Bemor bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga quyidagi vrachlar konsultativ yordam ko‘rsatishadi:
Sayfutdinova Sayyora Raupovna - nevropatolog, oliy kategoriyali vrach;
Axmedova Ziyoda SHaxabitdinovna - nevropatolog.
Isxakova Guli Batiralievna – genetik, oliy kategoriyali vrach,

Barcha bolalar qo‘yidagi kompleks ko‘rikdan o‘tkaziladi:
- neyrosonografiya,
- exokardiografiya,
- laboratoriya izlanishlari,
- Qorin bo‘shlig‘i UTT

Eng yangi dorivor preparatlar va asbob-uskunalar (kyuvez, lineomat, bolaning rivojlanishi ko‘rsatkichlarini monitor orqali kuzatish) kabi davolashning zamonaviy usullari qo‘llaniladi.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlar inkubatorlarda joylashishadi, bu yerda ularga homila davri holatiga mos  sharoitlar yaratiladi: tana harorati va namlik darajasi muntazam nazorati olib boriladi, shovqin, yorqin chiroqdan himoya tashkil etiladi, «homila holati» bunday bolalar uchun fiziologik bo`lgani sababli ularni saqlashda «uyachalar», valik, maxsus ko‘rpachalar qo‘llaniladi; zaruriyat tug‘ilganda kislorod terapiyasi amalga oshiriladi.

Yangi tug‘ilgan bolalarning onalari va qarindoshlari uchun sanitariya-o‘quv va ularni emotsional qo‘llab-quvvatlash ishlari olib boriladi.

Intensiv terapiya palatalarida onalarga farzandlari bilan birga bo‘lishga ruxsat etiladi.
Onalarga yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash va emizish o‘rgatib boriladi, har kuni davolovchi shifokor ota-onalar bilan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlar olib boradi.

 

A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.


DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa