Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: aig@uzakusherstvo.uz
  • info@uzaig.uz

Ishonch telefonlari:


O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi

1003


Telefon: +998(71) 239-47-95

"RIAGIATM" DM

Telefon: +998(71) 263-78-29
Ish vaqti: 8.00 dan 15.00 gacha
Гимнастика удлиняет молодость человека.Джон Локк

 

Mamlakatimizda  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida shahar va qishloqlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari  amalga oshirilmoqda.  Shuningdek, Dasturga kiritilgan mahallalardagi yakka-yolg‘iz qariyalar, mehnatga layoqatsiz insonlar, nogiron va ko‘p farzandli oilalarni ijtimoiy ximoya qilish, tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib, salomatligini tiklash bo‘yicha vazifalar ham belgilangan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda bu boradagi chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda. 

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida bo‘lib o‘tgan tibbiy-ijtimoiy aksiya ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. Ushbu aksiya doirasida tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Ushbu ko‘riklar tibbiyot fanlari doktorlari, nufuzli professor va tajribali mutaxassislar  tomonidan amalga oshirildi.

Aytish joizki, aholining tibbiy-ijtimoiy himoyasi Davlatimiz rahbarining alohida e’tiborida bo‘lib, keyingi yillarda bu yo‘nalishda bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalar izchillik bilan ijro etilishi natijasida tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy muhofazalash, salomatligini asrashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada aholiga yaqin bo‘lgan bo‘g‘in – tibbiy-patronaj xizmatini rivojlantirish, oilalarga chuqurroq kirib borish, xonadonlardagi tibbiy-ijtimoiy muhitni sinchiklab o‘rganish,  ehtiyojmand qatlamning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 1 dekabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni jamiyatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning hayot sifati va darajasini oshirish, ular uchun qulay va maqbul muhitni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 martdagi qarori asosida  Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Bu jamg‘arma mablag‘lari nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, reabilitatsiya sifatini oshirish va boshqa tibbiy-ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilmoqda. 

Aholiga, jumladan, tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga ixtisoslashgan tibbiy yordamni yaqinlashtirish ham doimiy e’tiborda. Bu borada joylarda poytaxtimiz va viloyat markazlarida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy-ilmiy markazlarning olimlari, fan doktorlari, tajribali mutaxassislar ishtirokida  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning o‘tgan besh oyi mobaynida ikki ming nafardan ko‘proq ana shunday yetakchi mutaxassislar hududlarga tashrif buyurdi va ular tomonidan 56 mingdan ortiq aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu jarayonda kasallik aniqlanganlarga ambulator, statsionar sharoitda malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Xususan, bir ming olti yuz nafardan ko‘proq bemor operativ tibbiy yordam olish imkoniga ega bo‘ldi. 

Albatta, bu ishlar Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot xodimlari oldiga qo‘yilgan muhim vazifa – xalq ishonchini qozonish, elning roziligini olish, aholining tibbiy xizmatga ishonchini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.  

Ayni paytda, bu xayrli ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Endilikda, poytaxtimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu tibbiy-ijtimoiy aksiyalarga jalb etilgan aholi akademiklar, tibbiyot fanlari doktorlari va nomzodlari, yetakchi olimlar va tajribali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish, to‘laqonli tibbiy yordam olish imkoniga ega bo‘ladi. 

СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДА ЯНГИ ТАЙИНЛОВ
Соғлиқни сақлаш вазирлиги тизимида янги лавозим тайинлови амалга оширилди...
Мамлакатимизда Ҳиндистондаги хусусий клиникалар филиаллари очилади
Сир эмас, аҳолимиз айрим касалликларни даволаш учун ва мураккаб операцияларга эҳтиёж сабаб чет эл клиникаларига мурожаат қилишга мажбур бўлмоқда...
357 НАФАР БЎЛАЖАК СТОМАТОЛОГ ҚАСАМЁД ҚИЛДИ
Тошкент давлат стоматология институтида «Талабаликка бағишлов» тадбири бўлиб ўтди...
A- A A+

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa