Здоровье есть само удовольствие или неизбежно порождает удовольствие, как огонь создает теплоту.Томас Мор

 

Tashkilotchi: Rossiya Federatsiyasi. Novosibirsk Davlat Tibbiyot Akademiyasi.

2017 – yilning 10-12-aprel Novosibirsk Davlat Tibbiyot Akademiyasida akusherlik va ginekologiya sohasi bo`yicha V Panaziya davlatlararo talabalar olimpiadasi bo`lib o`tdi. Olimpiadada Rossiya federatsiyasi, Qozoqiston, Qirg`iziston, AQSH va O`zbekistondan 14 jamoa qatnashdi.

O`zbekiston jamoasi tayyorgarlikni Abduraimov T.F. boshchiligidagi  “RIAGIATM” AJ O`quv simulyatsiya Markazida o`tadi. Olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi (“UASh tayyorlash bo`yicha akusherlik va ginekologiya” kafedrasi, kafedra mudiri  t.f.d Yuldasheva D.Y.)ning 8 nafar 6-7-kurs talabalari ishtirok etishdi.  Bu talabalar: Abdullayeva G., Abduxalimova X., Vafoyeva M., Gafurova N., Zoitova N., Madumarova Z., Sultonov S., Oxunov O.

3 kun ichida turli davlat talabalari olimpiada dasturidagi turli shartlar, jumladan:

  • mamlakatlar tabrigi
  • mutaxasislik bo`yicha blits savollar
  • endovideoxirurgiya
  • asoratlangan tug`ruqni “Noell” fantomda olib borish
  • jarroxlik tikish
  • klinik xolat 
  • ginekologiyada ultratovush diagnostikasi

shartlari orqali kuch sinashishdi. Sinov tadbiri rus va ingliz tillarida bo`lib o`tdi. 

Olimpiada yakunlariga ko`ra O`zbekiston talabalari kuchli uchlikka kirishdi va 3 ta yo`nalish bo`yicha sovrinli o`rinlarni egallashdi.

  • 1-o`rin “Mamlakatlar tabrigi” sharti (Jamoani tanishtirish);
  • 3-o`rin “Mutaxasislik bo`yicha blits savollar”
  • 3-o`rin “Asoratlangan tug`ruqni “Noell” fantomda olib borish”

Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasini tabriklaymiz va yuqori malakali akusher-ginekologlarni  tayyorlashda yaqin hamkorlikka umid qilamiz. 

 

 

Касалланганлик ҳолати 10 587 нафарни ташкил қилмоқда
2020 йил 7 июль соат 17:30 ҳолатига кўра, Ўзбекистонда коронавирус инфекцияси қайд этилганлар сони 10 587 (+128) нафарни ташкил этмоқда...
Соғлиқни сақлаш вазирлиги: КОРОНАВИРУС ИНФЕКЦИЯСИГА ЧАЛИНГАН ПОЙТАХТЛИК 79 ЁШЛИ БЕМОР ЎТКИР ЮРАК-ҚОН ТОМИР ВА НАФАС ЕТИШМОВЧИЛИГИДАН ВАФО?
Тошкент шаҳри Юнусобод туманида яшовчи, 79 ёшли Х.Б. (эркак киши) жорий йил 19 июнь кунидан тана ҳарорати кўтарилиб, йўтал безовта қилган...
Соғлиқни сақлаш вазирлиги: КОРОНАВИРУС ИНФЕКЦИЯСИГА ЧАЛИНГАН САМАРҚАНДЛИК БЕМОР ЎТКИР НАФАС ВА ЮРАК-ҚОН ТОМИР ЕТИШМОВЧИЛИГИДАН ВАФОТ ЭТД
Самарқанд вилояти Ургут тумани яшовчи 61 ёшли О.Н. жорий йил 27 июнь куни коронавирусга чалинган бемор  билан бирламчи мулоқотда бўлганлиги сабабли вилоят юқумли касалликлар шифохонасига ётқизилган ва даво муолажалари бошланган...

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa



Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: info@uzaig.uz